Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yunus — Oyat 107 (Oʻzbekcha) — Video

Yunus • Oyat 109 dan 107 • Oʻzbekcha


وَإِنْ يَمْسَسْكَ اللَّهُ بِضُرٍّ فَلَا كَاشِفَ لَهُ إِلَّا هُوَ ۖ وَإِنْ يُرِدْكَ بِخَيْرٍ فَلَا رَادَّ لِفَضْلِهِ ۚ يُصِيبُ بِهِ مَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ ۚ وَهُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ 107
Tarjima:
Agar Alloh seni zarar ila tutsa, Undan o`zga o`shanga kushoyish beruvchi yo`qdir. Agar U senga yaxshilikni iroda qilsa, Uning fazlini rad qiluvchi ham yo`qdir. Uni bandalaridan xohlaganiga yetkazur. U mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir. Yunus 10:107
Tafsir:
Ey Paygʻambar, agar Alloh sizga biron sinov yuborsa va siz uni oʻzingizdan daf qilmoqchi boʻlsangiz, bilingki, uni Allohning oʻzidan boshqa hech kimsa ketkaza olmas. Agar sizga bir yaxshilikni, farovonlikni iroda qilsa, Uning fazlini rad qila oladigan biron kimsa yoʻqdir. Fazlu marhamatini Oʻzi istagan bandalaridan darigʻ tutmas. Biron kimsa U Zotni biron ishga majbur qila olmas. U tavba qilgan bandalariga Kechirimli va Rahmlidir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 106 Keyingi Yunus • Oyat 108