Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yunus — Oyat 19 (Oʻzbekcha) — Video

Yunus • Oyat 109 dan 19 • Oʻzbekcha


وَمَا كَانَ النَّاسُ إِلَّا أُمَّةً وَاحِدَةً فَاخْتَلَفُوا ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِنْ رَبِّكَ لَقُضِيَ بَيْنَهُمْ فِيمَا فِيهِ يَخْتَلِفُونَ 19
Tarjima:
Odamlar faqat bir ummat bo`lgan edilar. So`ngra, ixtilofga tushdilar. Agar Robbing tomonidan aytilgan so`z bo`lmaganida, ular ixtilof qilayotgan narsa haqida oralarida hukm qilingan bo`lar edi. Yunus 10:19
Tafsir:
Odamlar birgina dinda (tavhid dinida) boʻlib, hammalari moʻmin edilar. Keyin boʻlinib ketdilar. Kimdir moʻminligida qoldi, kimdir kofir boʻldi. Allohning bu dunyodagi ixtiloflar borasida Qiyomat kuni hukm chiqarish haqidagi hukmi boʻlmaganida edi, shu dunyoning oʻzidagina hukm chiqarib, adashgan bilan hidoyat topgan ajralib qolgan boʻlar edi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 18 Keyingi Yunus • Oyat 20