Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yunus — Oyat 22 (Oʻzbekcha) — Video

Yunus • Oyat 109 dan 22 • Oʻzbekcha


هُوَ الَّذِي يُسَيِّرُكُمْ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ ۖ حَتَّىٰ إِذَا كُنْتُمْ فِي الْفُلْكِ وَجَرَيْنَ بِهِمْ بِرِيحٍ طَيِّبَةٍ وَفَرِحُوا بِهَا جَاءَتْهَا رِيحٌ عَاصِفٌ وَجَاءَهُمُ الْمَوْجُ مِنْ كُلِّ مَكَانٍ وَظَنُّوا أَنَّهُمْ أُحِيطَ بِهِمْ ۙ دَعَوُا اللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ لَئِنْ أَنْجَيْتَنَا مِنْ هَٰذِهِ لَنَكُونَنَّ مِنَ الشَّاكِرِينَ 22
Tarjima:
U sizlarni quruqlikda va dengizda yurgizadigan Zotdir. Toki sizlar kemada bo`lganingizda va u(kema)lar yaxshi yellar ila ularni olib ketganida hamda ular bundan xursand bo`lganlarida, qattiq shamol kelur va ularga har tomondan to`lqin kelur. O`zlarining qurshovda qolganlarini anglaganlarida, Allohga chin ixlos bilan: «Agar bizni mana shundan qutqazsang, albatta, shukr keltiruvchilardan bo`lurmiz», deb duo qilurlar. Yunus 10:22
Tafsir:
Ey odamlar, Alloh shunday Zotki, sizlarni quruqlikda piyoda va ulovda yurgizsa, dengizda kemada yurgizur. To sizlar kemada boʻlib, u mayin shamol bilan ularni (sizlarni) olib ketayotganida va yoʻlovchilar bundan xursand boʻlganlarida, banogoh, bir qattiq va har tarafdan toʻlqin kelib, oʻzlarining girdobda qolganlarini anglaganlarida shirk aralashtirmasdan, chin ixlos bilan Allohga shunday iltijo qilurlar: «Agar mana shu mashaqqatdan, halokatdan bizga najot bersang, albatta, biz bergan nematlaringga shukr qilguvchilardan boʻlurmiz».
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 21 Keyingi Yunus • Oyat 23