Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yunus — Oyat 24 (Oʻzbekcha) — Video

Yunus • Oyat 109 dan 24 • Oʻzbekcha


إِنَّمَا مَثَلُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا كَمَاءٍ أَنْزَلْنَاهُ مِنَ السَّمَاءِ فَاخْتَلَطَ بِهِ نَبَاتُ الْأَرْضِ مِمَّا يَأْكُلُ النَّاسُ وَالْأَنْعَامُ حَتَّىٰ إِذَا أَخَذَتِ الْأَرْضُ زُخْرُفَهَا وَازَّيَّنَتْ وَظَنَّ أَهْلُهَا أَنَّهُمْ قَادِرُونَ عَلَيْهَا أَتَاهَا أَمْرُنَا لَيْلًا أَوْ نَهَارًا فَجَعَلْنَاهَا حَصِيدًا كَأَنْ لَمْ تَغْنَ بِالْأَمْسِ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ 24
Tarjima:
Albatta, dunyo hayotining misoli xuddi Biz osmondan tushirgan suvga o`xshaydir. Bas, odamlar va chorvalar yeydigan yer nabototi u bilan aralashib, yer bezagini olganda va ziynatlanganda hamda uning ahli, endi bunga erishdik, deb o`ylaganda, kechasi yoki kunduzi unga Bizning amrimiz keladir. Biz uni xuddi kuni kecha yashnab turmagandek quritib qo`yamiz. Tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyatlarimizni ana shunday batafsil bayon qilurmiz. Yunus 10:24
Tafsir:
Darhaqiqat, sizlar foydalanayotgan bu dunyo hayoti foniylikda xuddi Biz osmondan yogʻdirgan suvga oʻxshaydi. Odamlar va hayvonlar yeydigan oʻsimliklar, donlar, mevalar unga aralashib, yerga chiroy baxsh etganda, ular bilan zamin bezanganida va uning ahli oʻzlarini hosilni yigʻishtirib olishga qodirmiz, deb oʻylay boshlaganida, yerga kechasi yo kunduzi Bizning farmonimiz kelib, Biz uni vayronaga aylantirib qoʻyurmiz, goʻyo kechagina obod boʻlmagandek, unda hech qanday daraxtlar ham, oʻsimliklar ham oʻsmagandek boʻlib qolur. Sizlarga dunyo hayotining naqadar tez oʻtib ketishini bayon qilganimizdek, tafakkur qiladigan qavm uchun oyatlarni tafsilotlari bilan bayon qilurmiz.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 23 Keyingi Yunus • Oyat 25