Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yunus — Oyat 27 (Oʻzbekcha) — Video

Yunus • Oyat 109 dan 27 • Oʻzbekcha


وَالَّذِينَ كَسَبُوا السَّيِّئَاتِ جَزَاءُ سَيِّئَةٍ بِمِثْلِهَا وَتَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ ۖ مَا لَهُمْ مِنَ اللَّهِ مِنْ عَاصِمٍ ۖ كَأَنَّمَا أُغْشِيَتْ وُجُوهُهُمْ قِطَعًا مِنَ اللَّيْلِ مُظْلِمًا ۚ أُولَٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ 27
Tarjima:
Yomonliklarni kasb qilganlarga esa, yomonliklariga yarasha yomon jazo bo`lur. Ularni xorlik qoplar. Ular uchun Allohdan biror saqlovchi ham bo`lmas. Yuzlari xuddi tun zulmatidan bir parcha ila qoplangan kabi bo`lur. Ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar. Yunus 10:27
Tafsir:
Kufru isyon kabi yomon amallar qilgan kimsalar uchun esa oxiratda yomonliklariga yarasha yomon jazo boʻlur. Yuzlarini xorlik-zorlik oʻrab olur. Ularni Allohning azobidan himoya qiladigan biron-bir himoyachi boʻlmas. Doʻzaxning qora tutunlari ichra goʻyo yuzlariga qorongʻu kechadan bir parchasi qoplagandek boʻlur. Ana oʻshalar doʻzax egalari boʻlib, u joyda abadiy qolurlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 26 Keyingi Yunus • Oyat 28