O`sha yerda har bir jon o`zi qilib o`tgan ishdan so`ralur — xabardor bo`lur va haqiqiy xojalari Allohga qaytarilurlar. Hamda o`zlaricha to`qib chiqargan narsalari ulardan g`oyib bo`ladir. Yunus 10:30 ⧉
Tafsir:
Ana shu ulugʻ kunda har bir jon bu dunyoda qilib oʻtgan ishlaridan xabar topib, mushriklar haqiqiy xojalari boʻlmish Allohga qaytariladilar. Keyin Alloh ulardan hisob oladi. Anavi oʻzlaricha toʻqib olgan va shafoatchi, deb bilgan but-sanamlari esa gʻoyib boʻlib qoladilar.