Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yunus — Oyat 49 (Oʻzbekcha) — Video

Yunus • Oyat 109 dan 49 • Oʻzbekcha


قُلْ لَا أَمْلِكُ لِنَفْسِي ضَرًّا وَلَا نَفْعًا إِلَّا مَا شَاءَ اللَّهُ ۗ لِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ ۚ إِذَا جَاءَ أَجَلُهُمْ فَلَا يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةً ۖ وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ 49
Tarjima:
Sen: «Men o`zim ham na zararga va na foydaga molik emasman. Magar Alloh nimani xohlasa (shu bo`ladi). Har ummatning o`z ajali bor. Ajallari kelgan vaqtda bir soatga orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar», deb ayt. Yunus 10:49
Tafsir:
Ayting: "Men oʻzimga biron foyda keltira olmayman, oʻzimdan biron zararni daf ham qila olmayman. Shunday boʻlgach, qanday qilib, boshqalarga foyda yo zarar keltira olay? Faqat va faqat Allohning xohlagani boʻladi. U Zotning gʻayb olamini men qayoqdan ham bilardim. Alloh halokat vada qilgan har bir ummatning belgilangan muddati bor. Uni Allohdan oʻzga hech kimsa bilmaydi. Muddati kelganda, bir soatga boʻlsin, uni ortga ham, oldga ham sura olmaydilar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 48 Keyingi Yunus • Oyat 50