Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yunus — Oyat 68 (Oʻzbekcha) — Video

Yunus • Oyat 109 dan 68 • Oʻzbekcha


قَالُوا اتَّخَذَ اللَّهُ وَلَدًا ۗ سُبْحَانَهُ ۖ هُوَ الْغَنِيُّ ۖ لَهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۚ إِنْ عِنْدَكُمْ مِنْ سُلْطَانٍ بِهَٰذَا ۚ أَتَقُولُونَ عَلَى اللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ 68
Tarjima:
Ular, «Alloh farzand tutdi», dedilar. U (bundan) pokdir. U behojatdir. Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Unikidir. Bu haqda sizning hech qanday dalilingiz yo`q-ku! Allohga nisbatan bilmagan narsangizni aytaverasizmi? Yunus 10:68
Tafsir:
Mushriklardan bir guruhi: «Alloh farishtalarni oʻzining qizlari qilib olgan», dedilar. Alloh bu gaplardan Pokdir. U Zot barcha maxluqotlardan behojatdir. Osmonlaru yerdagi narsalar Uning mulkidir. Ey mushriklar, sizlarda bu gapingizga biron hujjat yoʻq-ku! Alloh shaniga bilmaydigan narsangizni aytaverasizlarmi? "Uning bolasi bor", deyish qanchalar katta gunohligini bilmaysizlarmi?!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 67 Keyingi Yunus • Oyat 69