Ular tashlaganlarida, Muso: «Siz keltirgan narsa sehrdir. Albatta, Alloh uni botil qilur. Zero, Alloh buzg`unchilarning ishini o`nglamas. Yunus 10:81 ⧉
Tafsir:
Sehrgarlar qoʻllaridagini tashlagach, Muso ularga shunday dedi: "Bu koʻrsatayotgan ishingiz sehrdir. Alloh bu qilgan ishingizni puchga chiqaradi. Undan asar ham qolmaydi. Sizlar bu sehringiz bilan yer yuzida buzgʻunchilik qilyapsizlar. Alloh esa buzgʻunchining ishini oʻnglamaydi".