Bugun sening badaningni qutqaramiz. Toki o`zingdan keyingilarga ibrat bo`lgin. Albatta, ko`p odamlar Bizning oyatlarimizdan g`ofildirlar. Yunus 10:92 ⧉
Tafsir:
Ey Firavn, bugun seni dengizdan bir baland yerga chiqarib qoʻyurmiz. Toki, keyingilar sendan ibrat olsinlar. Koʻp odamlar qudratimizga dalolat qiluvchi hujjatlarimiz va dalillarimizdan gʻofildirlar. Ular haqida fikr yuritmaydilar.