Agar senga nozil qilgan narsamizdan shakda bo`lsang, sendan oldin kitobni o`qiganlardan so`ra. Batahqiq, senga Robbingdan haq keldi. Bas, hech shubha qilguvchilardan bo`lma. Yunus 10:94 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizga nozil qilganimiz Quron mohiyati borasida shubhaga borib, hayratlanayotgan boʻlsangiz, Tavrotni oʻqiydigan yahudiylardan va Injilni oʻqiydigan nasroniylardan soʻrang. Oʻshalar sizga nozil qilingan kitob haq ekanini aytib beradilar. Chunki uning vasfi Tavrot va Injilda kelgan. Sizga Parvardigoringiz tarafidan zarracha shubha aralashmagan haq keldi. Bas, hargiz shubhalanuvchilardan boʻla koʻrmang.