Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yunus — Oyat 98 (Oʻzbekcha) — Video

Yunus • Oyat 109 dan 98 • Oʻzbekcha


فَلَوْلَا كَانَتْ قَرْيَةٌ آمَنَتْ فَنَفَعَهَا إِيمَانُهَا إِلَّا قَوْمَ يُونُسَ لَمَّا آمَنُوا كَشَفْنَا عَنْهُمْ عَذَابَ الْخِزْيِ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَمَتَّعْنَاهُمْ إِلَىٰ حِينٍ 98
Tarjima:
Qani endi, biron qishloq iymon keltirganda, unga iymoni manfaat bersa edi. Faqat, Yunus qavmi iymon keltirganlarida, ulardan hayoti dunyodagi xorlik azobini kushoyish qildik va ularni ma'lum vaqtgacha foydalantirdik, xolos. Yunus 10:98
Tafsir:
Biron qishloqning azob kelishidan oldin Biz yuborgan paygʻambarlarga yetarlicha iymon keltirganlari va shu iymoni asqotgani, foyda bergani holati roʻy bermadi. Faqat Yunus qavmi bundan mustasno. Ular sidqidildan iymon keltirgan edilar, Biz ularni dunyo hayotidagi xorlik va zorlik azobidan xalos etdik va to ajallari yetguniga qadar foydalanib yurishlariga imkon berdik.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 97 Keyingi Yunus • Oyat 99