Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Hud — Oyat 1 (Oʻzbekcha) — Video

Hud • Oyat 123 dan 1 • Oʻzbekcha


الر ۚ كِتَابٌ أُحْكِمَتْ آيَاتُهُ ثُمَّ فُصِّلَتْ مِنْ لَدُنْ حَكِيمٍ خَبِيرٍ 1
Tarjima:
Alif. Laam. Ro. (Ushbu) kitob oyatlari mahkam qilingan, so`ngra hikmatli va xabardor Zot tomonidan mufassal (bayon) qilingandir. Hud 11:1
Tafsir:
Alif. Lom. Ro. Bu harflar haqida "Baqara" surasida aytib oʻtdik. Quron oyatlari shaklda ham, manoda ham puxta qilingan. Unda nooʻrin ishlatilgan biron harfni, biron nuqsonni koʻrmaysiz. Bundan tashqari u halol-haromni, buyruq-taqiqni, vada-vaidni, qissalarni bayon qilib kelgan kitob. U tadbiriyu shariatida hikmat bilan ish qiladigan, bandalarining ahvolidan va ular uchun nima yaxshiligidan xabardor Zot tarafidan nozil qilingan.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 109 Keyingi Hud • Oyat 2