Biz ularga zulm qilmadik. Lekin o`zlariga zulm qildilar. Robbingning amri kelgan paytda, Allohni qo`yib iltijo qilgan «xudo»lari hech bir narsada ularning hojatlarini chiqara olmadi. Ularga ziyondan boshqani ziyoda qilmadilar. Hud 11:101 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ular halokat sari borar ekanlar, Biz ularga zulm qilmadik. Lekin ular oʻzlariga oʻzlari zulm qilib, Allohga kufr keltirdilar va shu bilan oʻzlarini oʻzlari halokat chohiga otdilar. Parvardigoringizning ularni halok qilish haqidagi farmoni kelgan paytda Allohni qoʻyib iltijo qilayotgan xudolari ularga asqotmadi, ularni boshlariga tushgan azobdan qutqarib qolmadi. Xudolari ularga zarar va halokatdan oʻzga narsani ziyoda qilmadi.