Baxtli bo`lganlar jannatdadirlar. Ular unda, modomiki, osmonlaru yer bor ekan, abadiylar. Magar Alloh xohlasa, (O`zi bilur). Bu tuganmas in'omdir. Hud 11:108 ⧉
Tafsir:
Iymon keltirish va yaxshi amallarni qilish bilan baxtli boʻlganlar jannatdadirlar. Modomiki, osmonlaru yer bor ekan, u yerda abadiy qoladilar. Faqat Allohning xohlagani bundan mustasno. U Zot gunohkor moʻminlarni jannatdan oldin doʻzaxga malum muddatga kiritishi mumkin. Allohning jannatiylarga ato etgan nematlari bitmas-tuganmasdir.