Batahqiq, Musoga kitobni berdik. Bas, u haqida ixtilof qilindi. Agar Robbingdan o`tgan so`z bo`lmaganida, oralarida hukm chiqargan bo`lar edi. Va, albatta, ular undan shak-shubhadadirlar. Hud 11:110 ⧉
Tafsir:
Biz Musoga Tavrotni berdik. Odamlar u haqda ixtilof qildilar. Ayrimlari iymon keltirib, qolganlari kufr keltirdilar. Allohning oldingi azobni kechiktirish, uni Qiyomat kuniga olib qoʻyish haqidagi qazosi boʻlmaganida ularning boshiga shu dunyoning oʻzidayoq haqli jazo, azob tushgan boʻlar edi. Yahudiy va mushriklar kabi kofirlar Quron haqida shubhalanaveradilar, gumon qilaveradilar.