Kunduzning ikki tarafida va kechaning bir bo`lagida namozni to`kis ado qil! Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi. Bu esa, eslovchilarga eslatmadir. Hud 11:114 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, kunduzning boshlanishi va nihoyalanishida hamda kechalarda namozni eng goʻzal tarzda ado eting. Yaxshi amallar kichik-kichik gunohlarni ketkazadi. Bu narsa nasihatga quloq soladigan, ibrat oladiganlar uchun bir eslatmadir.