Sizdan oldingi asrlarda yer yuzida fasoddan qaytaradigan boqiylik egalari bo`lganida edi. Magar Biz najot berganlar ozgina kishilar bo`ldi, xolos. Zulm qilganlar esa, maishat ortidan ketdilar va jinoyatchilardan bo`ldilar. Hud 11:116 ⧉
Tafsir:
Sizlardan oldingi azobga yoʻliqqan ummatlar orasida xalqini kufrdan va yer yuzida buzgʻunchilik qilishdan qaytaradigan fozil va solih kishilardan qolganlari boʻlsa edi. Afsuski, ular yoʻq. Boʻlsa ham juda ozchilik. Zolim qavmni halok qilgan paytimizda ularni asrab qolgandik. Zolimlari esa maishatga berilib, oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar.