Osmonlaru yerning g`aybi(ni bilmoq) Allohga xosdir. Ishning barchasi Unga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil. Robbing qilayotganlaringizdan g`ofil emasdir. Hud 11:123 ⧉
Tafsir:
Osmonlardagi gʻayb olami ham, yerdagi gʻayb olami ham yolgʻiz Allohnikidir. Biron narsa U Zotdan yashirin boʻla olmas. Qiyomat kunida har bir ish U Zotga qaytarilur. Bas, ey Paygʻambar, yolgʻiz Ungagina ibodat qiling, ishlaringizda yolgʻiz Ungagina tayaning. Parvardigoringiz sizlar qilayotgan ishlardan gʻofil emas. Hammasini koʻrib-bilib turibdi. Yaqinda hammasining jazo yoki mukofotini berur.