Kimki bu dunyo hayotini va uning ziynatini xohlasa, bu boradagi amallari(samarasi)ni to`liq beramiz. Ular bunda kamsitilmaslar. Hud 11:15 ⧉
Tafsir:
Kimlar oʻz amali bilan oxiratni emas, shu dunyo hayotini va uning foniy lazzatlarini istasalar, ularga shu dunyoning oʻzida mukofotlarini toʻla qilib berurmiz. Ularga tinchlik, farovonlik, moʻl-koʻllik ato etilur. Ammallarining savoblari zarracha kamaytirilmas.