Ana o`shalar yer yuzida qochib qutuluvchi bo`la olmadilar, ularga Allohdan o`zga do`st ham bo`lmadi, azob bir necha barobar qilinur. Ular eshitishga qodir bo`la olmadilar va ko`ra olmadilar ham. Hud 11:20 ⧉
Tafsir:
Mana shu sifatlarga ega boʻlgan kimsalar yer yuzida Allohning azobidan qochib-qutula olmadilar. Ularga Allohdan oʻzga madadkorlar ham, ittifoqdoshlar ham topilmadiki, ularni azobdan qutqarib qolsa. Oʻzlari ham Allohning yoʻliga yurmay, oʻzgalarni ham undan toʻsganlari uchun Qiyomat kuni azob ularga bir necha barobar qilib berilur. Haqdan yuz oʻgirganlari bois bu dunyoda haqqa, hidoyatga quloq solmadilar, Allohning koinotdagi oyat-alomatlarini koʻra bilmadilar.