Bu ikki guruhning misoli xuddi karu ko`r hamda eshituvchi va ko`ruvchiga o`xshaydir. Ular bir-birlariga barobar bo`la oladilarmi? Ibrat olmaysizlarmi? Hud 11:24 ⧉
Tafsir:
Kofirlar koʻrmaydigan koʻr va eshitmaydigan karga oʻxshasalar, moʻminlar koʻradigan va eshitadigan odamlarga oʻxshaydilar. Chunki kofirlar haqni koʻrmaydilar, oʻzlariga foydali gapga quloq solmaydilar. Moʻminlar esa koʻradilar, eshitadilar. Bu ikki guruh barobarmi? Barobar emas. Shundan ibrat olmaysizlarmi?!