U: «Ey qavmim, ayting-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega bo`lgan bo`lsam va U menga O`z huzuridan rahmat bergan bo`lsa-yu, sizga maxfiy qolgan bo`lsa, uni sizga, agar yoqtirmasangiz ham, majburlaymizmi?!» dedi. Hud 11:28 ⧉
Tafsir:
Nuh ularga dedi: «Ey qavmim, ayting-chi, men Parvardigorim tarafidan haq ekanimga guvohlik beradigan va sizlarning tasdiqlashingizni taqozo etadigan aniq bir hujjatga ega boʻlsam hamda U Zot menga Oʻz huzuridan bir rahmat - paygʻambarlik va risolatni ato etgan boʻlsa-yu, uni sizlar nodonligingiz tufayli koʻra olmayotgan boʻlsangizlar, sizlarni yoqtirmasangiz ham unga iymon keltirishga majburlarmidik?!»