Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Hud — Oyat 31 (Oʻzbekcha) — Video

Hud • Oyat 123 dan 31 • Oʻzbekcha


وَلَا أَقُولُ لَكُمْ عِنْدِي خَزَائِنُ اللَّهِ وَلَا أَعْلَمُ الْغَيْبَ وَلَا أَقُولُ إِنِّي مَلَكٌ وَلَا أَقُولُ لِلَّذِينَ تَزْدَرِي أَعْيُنُكُمْ لَنْ يُؤْتِيَهُمُ اللَّهُ خَيْرًا ۖ اللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا فِي أَنْفُسِهِمْ ۖ إِنِّي إِذًا لَمِنَ الظَّالِمِينَ 31
Tarjima:
Men sizlarga: «Huzurimda Allohning xazinalari bor», demasman. Faybni ham bilmasman. «Men farishtaman», demasman. «Ko`zingizga haqir ko`rinayotganlarga Alloh hargiz yaxshilik bermas», demasman. Ularning dillarida nima borligini Alloh yaxshi biladir. Aks holda, men, albatta, zolimlardan bo`lib qolurman», dedi. Hud 11:31
Tafsir:
Ey qavmim, sizlarga: "Allohning xazinalari menda, iymon keltirsangizlar, sizlarga sarflayman", demayman. Gʻaybni bilaman, degan davoyim ham yoʻq. "Men farishtaman", ham demayman. Sizlarga oʻxshagan oddiy odamman. Koʻzingizga haqir, past boʻlib koʻrinayotgan kishilar haqida: "Alloh ularga hargiz tavfiq ham, hidoyat ham ato etmagay", deb ham aytmayman. Ularning niyatlarini va ahvolini Alloh bilguvchiroqdir. Agar men bularni davo qiladigan boʻlsam, Allohning azobiga uchraydigan zolimlardan boʻlib qolurman.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Hud • Oyat 30 Keyingi Hud • Oyat 32