U kema yasamoqda. O`z qavmidan bo`lgan zodagonlar qachon oldidan o`tsalar, uni masxara qildilar. U: «Agar bizni masxara qilsangiz, biz ham xuddi siz bizni masxara qilganingizdek, sizni masxara qilurmiz. Hud 11:38 ⧉
Tafsir:
Nuh Parvardigorining buyrugʻini bajarib, kema yasay boshladi. Qavmining zodagonlari uning yonidan oʻtayotib, na bir suv va na bir daryo boʻlgan joyda kema yasayotgani uchun uning ustidan kulishib, masxaralardilar. Bu holat takrorlanavergach, u dedi: "Ey zodagonlar, kema yasayotganimiz uchun bugun siz bizning ustimizdan kulayotgan boʻlsangiz, ertaga nodonlik qilib, oqibatni oʻylamaganingiz uchun gʻarq boʻlib ketayotganingizda biz sizning ustingizdan kulamiz".