Va ularga bu dunyoda ham, qiyomat kunida ham la'nat ergashur. Ogoh bo`lingkim, albatta, odliklar Robbilariga kufr keltirgan edilar. Ogoh bo`lingkim, Hud qavmi Od yo`qolsin! Hud 11:60 ⧉
Tafsir:
Ular shu shu dunyoda ham Allohning rahmatidan quvilib, sharmanda boʻldilar. Qiyomat kunida ham Allohning rahmatidan chetlatilgaylar. Bunga sabab Alloh taologa kufr keltirganlaridir. Ogoh boʻlingizkim, Alloh ularni barcha yaxshiliklardan mosuvo aylab, hamma yomonliklarga giriftor etgay.