Amrimiz kelgan paytda O`z rahmatimiz ila Solihga va u bilan birga iymon keltirganlarga najot berdik va o`sha kunning sharmandaligidan qutqardik. Albatta, Robbing, Uning O`zi kuchli va azizdir. Hud 11:66 ⧉
Tafsir:
Ularni halok qilish haqidagi farmonimiz kelgach, Solih va u bilan birga boʻlgan moʻminlarga Oʻz tarafimizdan boʻlgan bir rahmat ila najot berdik va ularni oʻsha kunning xorligi, sharmandaligidan asradik. Albatta, Parvardigoringiz kuchli va gʻolib Zotdirki, hech kimsa Undan gʻolib boʻla olmas. Haqni tan olmagan ummatlarni halok etishi ana shu gʻolibligining bir koʻrinishidir.