Batahqiq, elchilarimiz Ibrohimga xushxabar keltirdilar. Ular: «Salom», dedilar. U: «Salom», dedi. Va ko`p o`tmay qovurilgan buzoq keltirdi. Hud 11:69 ⧉
Tafsir:
Farishtalar Ibrohim alayhissalomning oldiga odam suratida unga va ayoliga Ishoq va Yaqub alayhimassalom tugʻilishi haqida xushxabar bilan kelib, salom berdilar. U ham: «Salom», dedi-da, hayal oʻtmay bir buzoqni qovurib keltirdi. Chunki ularni odam deb oʻylagandi.