U: «Voy sho`rim, o`zim kampir, manavi erim chol bo`lsa ham, tug`amanmi?! Bu qiziq narsa-ku!» – dedi. Hud 11:72 ⧉
Tafsir:
Farishtalarning bu xushxabarini eshitib hayratlangan Sora dedi: «Voy oʻlmasam, oʻzim tugʻishdan qolgan kampir boʻlsam, mana bu erim esa qari chol boʻlsa. Shunda ham tugʻaveramanmi? Bu juda qiziq-ku, noodatiy hol-ku!»