Ibrohimdan qo`rqinch ketib, xushxabar yetgach, Biz bilan Lut qavmi haqida bahslasha boshladi. Hud 11:74 ⧉
Tafsir:
Ibrohim mehmonlari ovqat yemaganidan xavfsiragan edi. Ularning farishtalar ekani aniq boʻlgach, undan qoʻrquv ketdi. Keyin unga Ishoqning, ortidan esa Yaqubning tugʻilishi haqida xushxabar kelgach, elchilarimiz bilan Lut qavmiga jazoni kechiktirish hamda Lut bilan oilasini asrab qolish haqida bahslasha boshladi.