Sen ulardan buning uchun ajr ham so`ramaysan. U faqat olamlar uchun eslatma, xolos. Yusuf 12:104 ⧉
Tafsir:
Ular aqllarini ishlatganlarida sizga iymon keltirgan boʻlardilar. Chunki siz, ey Paygʻambar, ulardan Quron uchun ham, qilayotgan davatingiz uchun ham bir haq, savob umid qilmayapsiz. Zero, Quron hamma odamlar uchun bir eslatmadan boshqa narsa emas.