Ular: «Ey otamiz, sen nega Yusufni bizga ishonmaysan? Holbuki, biz unga ixlos qiluvchilarmiz. Yusuf 12:11 ⧉
Tafsir:
Uni gumdon qilishga kelishib olishgach, otalari Yaqubga dedilar: "Otajon, nima uchun Yusufni bizga ishonmaysan? Axir biz unga mehribonmiz-ku. To senga sogʻ-salomat qaytib kelgunicha unga oʻzimiz qarab, uni himoya qilib yuramiz. Shunday boʻlgach, nima sababdan uni biz bilan yubormaysan?"