Uni olib ketib, quduq qa'riga tashlashga qaror qilganlarida, Biz unga: «Sen, albatta, ularga bu qilmishlarining xabarini berursan, o`shanda ular seni sezmaslar ham», deb vahiy qildik. Yusuf 12:15 ⧉
Tafsir:
Yaqub Yusufni ularga qoʻshib yubordi. Uni uzoqqa olib ketib, quduq qariga tashlab yuborishga qasd qilganlarida Biz Yusufga shunday vahiy qildik: "Hali bir kun kelib, ularga bu qilmishlarini eslatasan. Oʻshanda ular eslatayotgan odam sen ekaningni sezmaydilar ham".