«Ey Yusuf, sen bu ishni unut. Sen, xotin, gunohingga istig`for ayt. Albatta, sen xato qilguvchilardan bo`lding», – dedi. Yusuf 12:29 ⧉
Tafsir:
Dedi: "Ey Yusuf, bu gap shu yerda qolsin. Hech kimga gapira koʻrma. Sen esa, ey Zulayho, gunohingga istigʻfor ayt. Yusufni yoʻldan urishga harakat qilib, gunohkor boʻlding".