Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yusuf — Oyat 31 (Oʻzbekcha) — Video

Yusuf • Oyat 111 dan 31 • Oʻzbekcha


فَلَمَّا سَمِعَتْ بِمَكْرِهِنَّ أَرْسَلَتْ إِلَيْهِنَّ وَأَعْتَدَتْ لَهُنَّ مُتَّكَأً وَآتَتْ كُلَّ وَاحِدَةٍ مِنْهُنَّ سِكِّينًا وَقَالَتِ اخْرُجْ عَلَيْهِنَّ ۖ فَلَمَّا رَأَيْنَهُ أَكْبَرْنَهُ وَقَطَّعْنَ أَيْدِيَهُنَّ وَقُلْنَ حَاشَ لِلَّهِ مَا هَٰذَا بَشَرًا إِنْ هَٰذَا إِلَّا مَلَكٌ كَرِيمٌ 31
Tarjima:
U ularning makri haqida eshitgan vaqtda, ularga odam yuborib chaqirdi. Ularga suyanib o`tiradigan joy tayyorladi. Va har birlariga pichoq berdi. So`ngra (Yusufga): «Ularning oldiga chiq!» – dedi. Uni ko`rgan chog`larida lol qoldilar, qo`llarini kesdilar. Va: «Alloh saqlasin!! Bu bashar emas! Bu karamli farishtaning o`zi-ku!» – deyishdi. Yusuf 12:31
Tafsir:
Azizning xotini ularning igʻvolaridan, gʻiybatlaridan xabar topgach, gap nimadaligini koʻrsatib qoʻyish uchun ularga odam yubordi va koʻrpachalar, yostiqlar qoʻydirib, suyanib oʻtiradigan joy tayyorladi hamda taomni kesib yeyishlari uchun har birining qoʻliga bittadan pichoq berib qoʻydi. Keyin Yusufga: «Ularning oldiga chiq», dedi. Yuusuf chiqqach, uni koʻrib, husni jamoliga mahliyo boʻlib, hayratdan yoqa ushlab qoldilar va es-hushlarini yoʻqotib, taom oʻrniga qoʻllarini kesa boshladilar. Hayratlanib: «Yo Alloh, axir bu bola odam emas, odam bolasi bu qadar goʻzal boʻlmaydi, u gʻirt farishtaning oʻzi-ku», deb yubordilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yusuf • Oyat 30 Keyingi Yusuf • Oyat 32