U: «Men sizlarga rizq bo`ladigan taom kelguniga qadar uning qanday ekanining xabarini berurman. Bu ish menga Robbim ta'lim bergan narsalardandir. Chunki, men Allohga iymon keltirmaydigan va oxiratga kofir bo`lgan qavmning millati(dini)ni tark etgan odamman. Yusuf 12:37 ⧉
Tafsir:
Yusuf alayhissalom dedi: "Sizlarga podshoh yoki boshqa birov tarafidan keladigan taomning qandayligini kelishidan oldin aytib bera olaman. Bu ish folbinlik yo sehrgarlik emas, balki, menga Parvardigorim bildirgan narsalardandir. Men Allohga iymon keltirmaydigan va oxiratga batamom kofir boʻlgan qavmning dinini tark qilganman".