Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yusuf — Oyat 54 (Oʻzbekcha) — Video

Yusuf • Oyat 111 dan 54 • Oʻzbekcha


وَقَالَ الْمَلِكُ ائْتُونِي بِهِ أَسْتَخْلِصْهُ لِنَفْسِي ۖ فَلَمَّا كَلَّمَهُ قَالَ إِنَّكَ الْيَوْمَ لَدَيْنَا مَكِينٌ أَمِينٌ 54
Tarjima:
Podshoh: «Uni menga keltiringlar, uni o`zimga xos kishilardan qilib olaman», – dedi. U bilan gaplashganda esa: «Albatta, sen bugungi kunda huzurimizda makonatli va ishonchli kishilardansan», – dedi. Yusuf 12:54
Tafsir:
Yusufning begunohligi va bilimdonligi ayon boʻlgach, podshoh ayonlariga dedi: «Uni huzurimga olib kelinglar, oʻzimning xos kishilarimdan qilib olaman». Uni olib keldilar. Podshoh u bilan gaplashib, oqil va dono ekanini bilgach: «Ey Yusuf, sen bu kun bizning dargohimizda martabali, ishonchli odamga aylanding», dedi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yusuf • Oyat 53 Keyingi Yusuf • Oyat 55