Shunday qilib, Yusufga yer yuzida makonat berdik, uni o`zi xohlagan joyga yerlasha oladigan qildik. O`z rahmatimizni, kimni xohlasak, o`shanga muyassar eturmiz va go`zal amal qiluvchilarning ajrini zoye qilmasmiz. Yusuf 12:56 ⧉
Tafsir:
Yusufning begunohligi isbotlanib, zindondan ozod boʻlishi Bizning unga ato etgan nematlarimizdandir. Shuningdek, Biz uni Misr yerida imkoniyatli odamga aylantirdik. Oʻzi istagan yerida yashaydigan boʻldi. Biz bu dunyoda marhamatimizni Oʻzimiz istagan odamga yetkazurmiz. Goʻzal amal qiluvchilarning savobini zoye qilmasmiz. Ularning mukofotlarini toʻla-toʻkis qilib berurmiz.