U o`z yigitlariga: «Ularning sarmoyalarini yuklari ichiga solib qo`yinglar. Shoyad, ular ahllariga borganlarida bularni tanib, qaytib kelsalar», – dedi. Yusuf 12:62 ⧉
Tafsir:
Yusuf oʻzining ishchilariga dedi: "Ularning narsalarini yuklarining ichiga solib qoʻyinglar. Uylariga qaytganlarida biz ulardan haq olmaganimizni bilib, yana qaytib kelishga majbur boʻladilar. Yusufga rostgoʻyliklarini isbotlash uchun ukalarini ham olib keladilar. Ular rostgoʻy ekanlari oʻz isbotini topgandagina Yusuf ularning mollarini qabul qilishini yaxshi biladilar.