Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yusuf — Oyat 65 (Oʻzbekcha) — Video

Yusuf • Oyat 111 dan 65 • Oʻzbekcha


وَلَمَّا فَتَحُوا مَتَاعَهُمْ وَجَدُوا بِضَاعَتَهُمْ رُدَّتْ إِلَيْهِمْ ۖ قَالُوا يَا أَبَانَا مَا نَبْغِي ۖ هَٰذِهِ بِضَاعَتُنَا رُدَّتْ إِلَيْنَا ۖ وَنَمِيرُ أَهْلَنَا وَنَحْفَظُ أَخَانَا وَنَزْدَادُ كَيْلَ بَعِيرٍ ۖ ذَٰلِكَ كَيْلٌ يَسِيرٌ 65
Tarjima:
Yuklarini ochgan paytda, sarmoyalarining o`zlariga qaytarilganini bildilar. «Ey otamiz, yana nima istaymiz? Mana, sarmoyalarimiz o`zimizga qaytarilibdi. Yana ahlimizga zod keltirurmiz, ukamizni muhofaza qilib, bir tuya ziyoda (yuk) o`lchovi olamiz. Bu ozgina o`lchovdir», – dedilar. Yusuf 12:65
Tafsir:
Yuklarini ochishgach, oziq-ovqatga ayirboshlash uchun olib borgan narsalari oʻzlariga qaytarilganini koʻrdilar. Otalariga dedilar: "Azizdan bundan ortiq yana nimani istaymiz? Mana, u fazlu marhamat koʻrsatib, oziq-ovqatga almashtirish uchun olib borgan narsalarimizni ham oʻzimizga qaytarib yuboribdi-ku. Yana oilamizga oziq-ovqat olib kelamiz. Ukamizni xavfu xatardan himoya qilamiz. U ham borgani uchun yana bir tuya yukni qoʻshib olamiz. Aziz uchun bir tuya yuk arzimas narsa.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yusuf • Oyat 64 Keyingi Yusuf • Oyat 66