Yusufni o`ldiringlar yoki uzoq yerga olib borib tashlanglar, shunda otangizning yuzi sizga xoli qoladi. Bundan keyin solih qavmdan bo`lib olasizlar», – dedilar. Yusuf 12:9 ⧉
Tafsir:
Yusufni oʻldiringlar yoki uzoq yerga olib borib tashlanglar. Oʻshanda otangiz faqat sizlarniki boʻlib qoladi va sizlarni toʻla yaxshi koʻradi. Keyin tavba qilib, yana qayta yaxshi odamga aylanib olaverasizlar.