Karvon yo`lga chiqqan vaqtda otalari: «Meni aqldan ozgan demanglar-u, albatta, men Yusufning hidini sezmoqdaman», dedi. Yusuf 12:94 ⧉
Tafsir:
Karvon Misrdan yoʻlga chiqqan paytda Yaqub alayhissalom oʻz yurtida turib atrofidagilarga dedi: "Meni aqldan ozgan, ogʻziga kelganini gapiraveradigan chol boʻlib qolgan, demanglar-u, men Yusufning boʻyini tuymoqdaman".