Senga Robbingdan nozil qilingan narsa albatta haq ekanini biladigan kimsa ko`r odamga o`xsharmidi? Buni, albatta, aql egalarigina eslarlar. Ar-Ra'd 13:19 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizga Parvardigoringiz tarafidan haq nozil qilinganini biladigan odam Allohga itoat etadigan moʻmindir. Koʻr esa Allohga itoat etmaydigan kofirdir. Bu gaplardan aqli bor odamlargina ibrat ola biladilar.