Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ra'd — Oyat 22 (Oʻzbekcha) — Video

Ra'd • Oyat 43 dan 22 • Oʻzbekcha


وَالَّذِينَ صَبَرُوا ابْتِغَاءَ وَجْهِ رَبِّهِمْ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَأَنْفَقُوا مِمَّا رَزَقْنَاهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً وَيَدْرَءُونَ بِالْحَسَنَةِ السَّيِّئَةَ أُولَٰئِكَ لَهُمْ عُقْبَى الدَّارِ 22
Tarjima:
Ular Robbilari yuzini ko`zlab, sabr qilarlar. Namozni to`kis ado etarlar, Biz ularga rizq qilib bergan narsadan maxfiy va oshkora infoq qilarlar va yomonlikni yaxshilik ila qaytararlar. Ana o`shalarga oqibat diyori bordir. Ra'd 13:22
Tafsir:
Ular shunday zotlarki, Allohning rizosini istab, U Zotga itoat qilish yoʻlidagi mashaqqatlarga, gunoh qilmaslik yoʻlidagi ogʻirliklarga, Alloh taqdir qilgan xafalikka va xursandlikka birdek sabr qiladilar, namozni toʻkis ado etadilar, Biz bergan mol-dunyodan vojib boʻlgan miqdorini haqdorlarga beradilar, riyodan oʻzlarini olib qochib, yashirin va xolis hamda boshqalarga oʻrnak boʻlish uchun oshkora ehson qiladilar, yomonlik qilgan odamga yaxshilik bilan javob qaytaradilar. Ana oʻshalar uchun Qiyomat kuni goʻzal oqibat bordir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ra'd • Oyat 21 Keyingi Ra'd • Oyat 23