Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ar-Ra'd — Oyat 3 (Oʻzbekcha) — Video

Ar-Ra'd • Oyat 43 dan 3 • Oʻzbekcha


وَهُوَ الَّذِي مَدَّ الْأَرْضَ وَجَعَلَ فِيهَا رَوَاسِيَ وَأَنْهَارًا ۖ وَمِنْ كُلِّ الثَّمَرَاتِ جَعَلَ فِيهَا زَوْجَيْنِ اثْنَيْنِ ۖ يُغْشِي اللَّيْلَ النَّهَارَ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ 3
Tarjima:
U yerni cho`zib, unda baland tog`lar va anhorlar qilgan, har xil mevalardan juft-juft qilgan Zotdir. U kechani kunduzga o`ratadir. Bunda, albatta, tafakkur qiluvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. Ar-Ra'd 13:3
Tafsir:
U shunday Zotki, yerni yoydi. Qalqimasligi uchun mahkam tutib turadigan togʻlarni yaratdi. Odamlar, hayvonlar va ekinlarni sugʻorish uchun daryolarni yaratib qoʻydi. Har bir mevani xuddi hayvondek juft-juft qilib, yani, erkak va urgʻochi qilib yaratdi. Kechani kunduzga qoplaydi. Shu bilan hamma yoq zimistonga aylanadi. Fikr yurita oladigan kishilar uchun bu ishlarda Allohning sanatiga dalolat qiluvchi oyat-alomatlar bor. Bu oyat-alomatlarning fikr yurita oladigan kishilargagina nafi tegadi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ar-Ra'd • Oyat 2 Keyingi Ar-Ra'd • Oyat 4