Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ar-Ra'd — Oyat 40 (Oʻzbekcha) — Video

Ar-Ra'd • Oyat 43 dan 40 • Oʻzbekcha


وَإِنْ مَا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ الَّذِي نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِنَّمَا عَلَيْكَ الْبَلَاغُ وَعَلَيْنَا الْحِسَابُ 40
Tarjima:
Ularga va'da qilganimizning ba'zisini senga ko`rsatarmiz yoki (undan oldin) seni vafot ettirarmiz. Albatta, yetkazish sening zimmangda, hisob qilish Bizning zimmamizdadir. Ar-Ra'd 13:40
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ularga vada qilganimiz azobni sizning hayotlik paytingizda koʻrsatamizmi yoki uni koʻrsatishdan oldin sizni vafot etdiramizmi, farqi yoʻq, sizning ustingizdagi vazifa yetkazib qoʻyish, xolos. Biz zimmangizga faqat shu vazifani yuklaganmiz. Ulardan hisob olish, ularning jazo yo mukofotlarini berish sizning vazifangizga kirmaydi. U yogʻi Bizning ishimizdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ar-Ra'd • Oyat 39 Keyingi Ar-Ra'd • Oyat 41