Alloh har bir urg`ochining homilasini hamda bachadonlar nuqson yoki ziyoda qiladigan narsalarni biladir. Har bir narsa Uning huzurida o`lchovlidir. Ra'd 13:8 ⧉
Tafsir:
Alloh har bir homiladorning homilasini juda yaxshi biladi. Bachadonlardagi muddatiga yetmay qolish hollarini ham, muddatidan oʻtib ketish hollarini ham, sogʻligi, kasalligi, hamma-hammasini yaxshi biladi. U Zotning huzurida hamma narsa aniq oʻlchab qoʻyilgandirki, undan kam ham boʻlib qolmaydi, ortib ham ketmaydi.