Alif. Laam. Ro. Bu kitobni senga odamlarni Robbilarining izni ila zulmatlardan nurga, aziyz va maqtalgan Zotning yo`liga chiqarishing uchun nozil qildik. Ibrohim 14:1 ⧉
Tafsir:
Alif, Lom, Ro. Bu kabi harflar haqida "Baqara" surasining boshida aytib oʻtdik. Ey Paygʻambar, sizga bu kitobni Allohning irodasi ila odamlarni kufr, jaholat va zalolatdan iymon, marifat va hidoyat - Islom dini sari olib chiqishingiz uchun nozil qildik. Islom dini hammadan gʻolib va har bir ishi maqtovga loyiq Zot boʻlmish Allohning yoʻlidir.