Kufr keltirganlar o`z Payg`ambarlariga: «Albatta, biz sizlarni yerimizdan chiqarib yuborurmiz yoki, albatta, millatimizga qaytursizlar», dedilar. Bas, Robbilari ularga: «Albatta, Biz zolimlarni halok qilurmiz. Ibrahim 14:13 ⧉
Tafsir:
Kufr keltirgan kimsalar paygʻambarlari bilan hujjatlasha olmaganlaridan keyin dedilar: "Yo sizlarni shahrimizdan haydab chiqaramiz, yo diningizni tashlab, bizning dinimizga qaytasizlar". Shunda Parvardigor paygʻambarlariga dalda berib, vahiy qildi: "Allohga va paygʻambarlariga kufr keltirgan zolimlarni albatta halok qilurmiz".