Allohning ne'matini kufrga almashtirgan va qavmlarini halokat diyoriga tushirganlarni ko`rmadingmi? Ibrohim 14:28 ⧉
Tafsir:
Quraysh ichidagi Allohga va Paygʻambariga kufr keltirib, Allohning ularga ato etgan Haramdagi tinchlik-omonlik nematini, Muhammad alayhissalomdek zotning paygʻambar boʻlib kelish nematini kufrga almashtirib yuborgan va shu ishi bilan oʻz tobelarini halokat chohiga qulatgan kimsalarni koʻrib turibsiz-ku.